19 mar 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor: "Yuzta jang o'tkazaman..."
Konor Makgregor MMAdagi faoliyatiga bog'liq bir qancha savollarga javob berdi.
Ikki vazn toifasida irlandiyalik UFC sobiq chempioni Konor Makgregor jangchilik faoliyati haqida gapirdi.
"Men nimadan umidvorman? Yana yuzta jang o'tkazishdan. Men barqaror bo'lishim ustida ishlayapman. Siyosat, jarohatlar... shaxsiy hayot tufayli uzoq vaqtga chetlashib qoldim. O'zi shunday bo'ladi. Lekin bu Xudodan. Va men buni qabul qilaman.
Oldinda meni ko'plab qiziqarli janglar kutib turibdi. Mening raqiblarim bor. Ko'tarilib kelayotgan yigitlar bor, boshqa vaznlardan ham eng zo'r bo'lishga intilayotgan yigitlar bor. Yana ko'p janglar o'tkazishim mumkin", - dedi Makgregor My Mom’s Basement YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar