So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

11 mar 07:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Maks Xollouey CHarlz Oliveyradan qabul qilgan mag'lubiyatiga ilk bor izoh berdi

CHarlz Oliveyra va Maks Xollouey o'rtasidagi qarama-qarshilik BMF kamari uchun avvalgi janglarning mutlaqo teskarisi bo'ldi.

SHunday bo'lsa-da, kamarni yo'qotgan amerikalik jangchining braziliyalikka hech qanday etirozi yo'q, u parterda nazoratga etibor qaratdi va hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabani qo'lga kiritdi.

"Eng baland ko'tarilishlar va eng og'ir qulashlar. SHanba oqshomi meniki emasdi. Oila azolarim, do'stlarim va muxlislardan ularga pand berganim, uyaltirib qo'yganim uchun uzr so'rayman. Oliveyraga hurmat - u o'z ishini qildi. U o'z darajasini ko'rsatdi, shuning uchun men uning oldida shlyapamni echaman.

Mening tomonimdan hech qachon hech qanday bahona bo'lmagan - bu safar ham bo'lmaydi. Men ilgari ham shunday vaziyatda bo'lganman va o'zim xohlagan joyga qaytish uchun qanday ishlarni bajarish kerakligini bilaman. Biz hali tugatishdan juda uzoqdamiz. CHo'qqida ko'rishguncha!", - deb yozdi Xollouey ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Las-Vegasdagi UFC 326 turnirining markaziy jangida Xolloueyni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub (50-45, 50-45, 50-45) etgan Oliveyra BMF chempionlik kamarini  qo'lga kiritgan va bu bilan 11 yil avval birinchi raunddayoq Maksdan qabul qilib olgan mag'lubiyati uchun revansh olgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing