So’nggi yangiliklar

17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0 12:09"Трактор" бош мураббийи Ҳамробековга Ўмонга боришни маслаҳат берди 0 11:38Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 11:07Шавкат Раҳмонов Майкл Моралес билан жанг қилишга тайёр 0 10:36Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизнинг иштирокига гувоҳ бўламиз 0

24 avg 11:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Maks Xollouey Islam Maxachevga qarshi chempionlik jangi uchun tayyor!

Islam Maxachevni ikkita chempionlik kamarini namoyish etgani uchun tanqid qilgan Maks Xollouey rossiyalikka tegishli UFC yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang qilmoqchi.

Bu haqda amerikalik jangchi o'zining YouTube kanalida elon qilgan videoda kelgusi rejalari haqida gapirar ekan, malum qildi.

"Keyin nima bo'ladi? Menga bu savolni doim berishadi va rostini aytsam, bilmayman. Sizga ham hozir aniq javob bera olmayman. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Konor men haqimda gapirayotganini, meni chaqirayotganini va kelasi yili jang qilmoqchi ekanini ko'ryapmiz. Men tayyorman, lekin UFC nima istayotganini bilmayman. Har qanday holatda ham men shu erdaman va aytilgan payt hamda jangga tayyor bo'laman.

Agar kelasi yili berilajak raqib Konor bo'lsa – alo! Agar bu qaysidir vazn toifasida chempionlik jangi bo'lsa – yana ham zo'r! Men yarim o'rta vaznga ko'tarildim. Yarim o'rta vazn chempioni yoki uning jamoasi mening gaplarimdan norozi bo'libdi, bu meni hayron qoldirdi, chunki men hech qanday hurmatsizlik qilmagandim. SHunchaki ko'pchilik o'ylagan narsani ovoz chiqarib aytdim. Endi men yomon odammanmi? Lekin bo'lar ish bo'ldi.

Bundan tashqari, agar imkoniyat tug'ilsa, engil vazn chempioni bilan o'z tarixim bor va bilamanki, u o'sha mag'lubiyat uchun mendan o'ch olmoqchi. SHunday ekan, agar menga ushbu vazn toifalarining istalgan birida chempionlik jangi taklif qilishsa – men tayyorman. Agar yana Konor Makgregor bilan jang taklif qilishsa – shartnomani imzolash uchun yuboring!, – dedi Maks.

Eslatib o'tamiz, joriy yilda Maks Xollouey ikkita jang o'tkazdi: mart oyida engil vazn toifasida CHarlz Oliveyraga qarshi kechgan bahsda hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'lib, BMF kamarini boy berdi. Iyul oyida esa yarim o'rta vaznda o'tkazilgan jangda Konor Makgregor tizzasidan jarohat olgani sababli, Xollouey 69 soniya ichida texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing