06 fev 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey UFC 273 turnirining chempionlik bahsiga zaxira varianti bo'lishi mumkin
Yarimengil vazn toifasi sobiq chempioni Maks Xollouey Aleksandr Volkanovskiga qarshi trilogiyaga jarohati tufayli chiqa olmasligini malum qilgan edi.
Ayni damda u jarohatidan forig' bo'lgan va tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.
Maks Xollouey (23-6 MMA, 19-6 UFC) va Aleksandr Volkanovski dastlab 5 mart kuni Las-Vegasdagi T-Mobile arenada UFC 272 musobaqasida uchrashishi rejalashtirilgan edi. Ammo, yanvar oyi boshida Maks jarohati tufayli jangdan voz kechishga majbur bo'ldi. Keyin UFC Xolloueyning o'rniga Volkanovskiga qarshi "Koreyalik Zombi" CHon CHan Songni raqib etib tayinladi. SHuningdek, bahs 9 apreldagi UFC 273 turniriga ko'chirildi.
Hozirda Maksning sog'ligi yaxshi. Agar Volkanovski va "Koreyalik Zombi"dan biri jangdan bosh tortsa, ularning o'rniga jang qilishga tayyor.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar