21 iyu 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey UFC rahbarlariga etiroz bildirdi
Kecha tongda AQSHda o'tgan UFC 318 turnirining asosiy jangida engil vaznda BMF kamari sohibi Maks Xollouey vatandoshi Dastin Poreni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Dastin Porening faoliyatidagi oxirgi jangga aylangan ushbu bahsdan keyin Xollouey UFC rahbarlariga "Nega biz bonusga loyiq ko'rilmadik?" deb etirozli murojaat qildi.
"Nima uchun biz bonus olmadik? Bizning jangimiz taqdirlashga munosib edi. Hozir menda Dastin Porega nisbatan hurmat va muhabbatdan boshqa narsa yo'q. U barcha yaxshi tashbehlardan ham afzaliga munosib. Lekin qanday qilib va nima uchun biz bonus olmaganimiz meni tinch qo'ymayapti?" — dedi Xollouey turnirdan keyingi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar