So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

26 fev 11:35
Yangiliklar

Tadbirlar

Malaka oshirish markazida sport tadbirlari o'tkazildi FOTOGALEREYA

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida o'ziga xos musobaqa o'tkazildi.

Unda markaz xodimlari, professor-o'qituvchilari va tinglovchilari stol tennisi, armrestling, engil atletika, arqon tortish va shaxmat-shashka bo'yicha tashkil etilgan sport bellashuvlarida ishtirok etishdi.  

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031 – sonli qorari hamda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash orqali sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviylikka keng etibor qaratish maqsad qilingan mazkur musobaqa o'ziga xos sport bayramiga aylanib ketdi.

Dastlab, bellashuvning ochilish marosimi tashkil etildi. Unda so'z olgan markaz direktori Ilhom Tursunaliev va boshqalar  bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, jumladan ommaviy sportga qaratilayotgan yuksak etibor haqida, o'tkazilayotgan ushbu sport tadbirlari ham sog'lom turmush tarzining targ'iboti  sifatida ko'rish mumkin ekanligi haqida takidlab o'tishdi.

SHundan so'ng musobaqalarga start berildi. Yo'nalishlar bo'yicha guruhlarga bo'lingan erkaklar va ayollardan iborat jamoalar  yuqorida qayd etilgan sport turlari bo'yicha g'oliblik uchun bor mahoratlarini ishga solishdi. Markazning sport boshqaruvi kafedrasi mudiri Ahmadjon Alimov hamda o'qituvchisi Ziyodulla Xadiyatullaevlar boshchiligidagi hakamlar guruhi esa natijalarni qayd etib borishdi. Yuqori kayfiyat bag'ishlagan, murosasiz va qiziqarli o'tgan bahslar yakunida g'olib va sovrindor  jamoalar markaz tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

- Ananaga aylangan ushbu bellashuvlar dastlab guruhlar o'rtasida o'tkazilib, final bosqichi g'oliblari har oyning uchinchi o'n kunligining oxirida aniqlanadi, - deydi kafedra mudiri Ahmadjon Alimov. - SHuningdek, tinglovchilarimizning jismoniy holatini aniqlash maqsadida ular markazimizga tinglovchi sifatida kelgan ilk kunlarida “Alpomish va Barchinoy” test-meyorlarini ham o'tkazamiz. Bundan tashqari sog'lom turmush tarzining asosiy talablaridan biri bo'lgan ertalabki badantarbiya mashg'ulotlariga ham alohida etibor qaratganmiz. Har kungi o'n daqiqalik badantarbiya mashg'ulotlarimizda barchaning birdek ishtiroki kun davomida xushkayfiyatda yurish uchun zamin bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing