So’nggi yangiliklar

11:39Мураббий буталар орасидан рақиб машғулотини кузатгани учун иш очилди 0 11:11"Илк сонияданоқ унинг жағини пойлайман". Топурия — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 10:38Андижон ҳокими ЖЧ совриндори Абдулло Алиевни уй билан мукофотлади (ВИДЕО) 0 10:12Хамзат Чимаев кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 09:45Бруну Фернандеш мавсумнинг энг яхшиси деб топилди 0 09:16Аёллар терма жамоамизнинг ҳам Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркиблари эълон қилинди 0 08:39"У ичиб олганми?" Чимаев Макгрегорнинг сўзларига жавоб қайтарди 0 08:13Istanbul Open. Тимофеева ярим финалда, Кудерметова эса... 0 07:30"Реал" икки футболчисини жазолади 0 22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0

28 fev 19:07
Yangiliklar

Tadbirlar

Mamlakatimiz sportini ommalashtirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

SHu kunlarda O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev boshchiligidagi delegaciya ishchi tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibdi.

Tashrifdan Xitoy Xalq Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo'yicha dunyoda etakchi o'rinlardan birida turuvchi Xitoy tajribasini yurtimizga tadbiq etish, mazkur yo'nalishda o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, xususan birgalikda mutaxassislar tayyorlash tizimini shakllantirish kabi bir qator maqsadlar ko'zlangan.


O'zbekiston va Xitoy sporti mutasaddilarining bu galgi uchrashuvi dunyoning eng katta o'nta shahridan biri bo'lgan SHanxaydan (aholisi 21,4 mln. kishi) boshlandi. Dastlab SHanxay municipal hukumati vice-meri janob CHen Cyun va mamlakatimiz delegaciyasi rahbari – Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev boshchiligida tomonlar ommaviy, yani barcha aholi uchun mo'ljallangan mahalliy sport majmuasi hamda sport maktabini ko'zdan kechirishdi.


Uchrashuv davomida sport sohasida o'zaro tajriba almashish, yurtimizda SHanxay sport universiteti bilan hamkorlik dasturi asosida sport turlari bo'yicha o'zbekistonlik trenerlar, sportchilar hamda talabalar mahoratini oshirish, aholini sport bilan shug'ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi yo'nalishlarda hamkorlik qilish bo'yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

O'z navbatida Dilmurod Nabiev ham yurtimizdagi sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida mezbonlarga batafsil malumot berdi.


SHundan so'ng vakillarimiz SHanxay sport universitetida bo'lib, bu erdagi mavjud sharoitlar va talim jarayonlarining yo'lga qo'yilishi bilan tanishdilar. Ushbu oliy talim muassasasida sport jurnalistikasi, sport medicinasi, sport menejmenti, sport psixologiyasi yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yilgan.

SHuningdek, muzokaralar davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va SHanxay sport universiteti o'rtasida mutaxassislar tayyorlash bo'yicha oliy talimning uch bosqichini o'z ichiga olgan tizimli hamkorlik yuzasidan qo'shma kelishuvga erishildi. Unga ko'ra, dastlab o'zbekistonlik talaba va trenerlarning Xitoyda qisqa muddatli o'quv kurslari, keyin magistratura va aspiranturada o'qishlari tashkil etiladi.

Kunning ikkinchi yarmida “Double Happiness sports” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Etiborlisi, mazkur yirik sport anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniya 2008 yil Xitoyda bo'lib o'tgan XXIX va 2012 yil Londonda bo'lib o'tgan XXX yozgi Olimpiya o'yinlarini sport anjomlari bilan taminlagan kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mamlakatimizdagi sport majmualari moddiy-texnik bazasini zamonaviy sport anjomlari bilan mustahkamlash bo'yicha mazkur kompaniya bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Rejaga muvofiq, O'zbekiston delegaciyasi tashrifi mamlakat poytaxti Pekin shahrida davom etmoqda.


Malumot uchun, bugungi kunda ommaviy jismoniy tarbiya Xitoyda davlat strategiyasi darajasiga ko'tarilgan. Bu yo'nalishda Umumxalq jismoniy tarbiya kuni tasis etishdan boshlab Davlat Kengashi tomonidan aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning besh yillik rejasi rasmiy qabul qilingunigacha bo'lgan uzoq yo'l bosib o'tilgan. Xitoyda har uchinchi kishi sport bilan shug'ullanadi, har beshinchi odam stol tennisi va badminton o'ynaydi. Xitoyda iqtisodiyotning bir tarmog'i sifatida qaraladigan Jismoniy tarbiya va sportning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilda 10 mlrd. AQSH dollari yoki 1 foizni tashkil etgan bo'lsa, tahlillarga ko'ra 2020 yilga kelib bu ko'rsatkich 1,5 foizgacha oshadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing