So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

24 noy 11:25
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirish bosqichlari xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilindi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov qishki sport turining akrobatika yo'nalishi bo'yicha Lillexammer-1994 Olimpiadasi chempioni Lina CHeryazovaga murabbiylik qilgan mutaxassis Dmitriy Kavunov bilan uchrashdi.

Suhbatning bosh mavzusi yurtimizda qishki sport turlari, xususan, fristayl yo'nalishlarini qayta rivojlantirish masalasi bo'ldi. Unda Rossiya fristayl federaciyasi vice-prezidenti Mixail Borodyanskiy hamda Xalqaro chang'i sporti turlari federaciyasining eksperti Andrea Rinaldi ham ishtirok etdi.

D.Kavunov faoliyati davomida Rossiya va Kanada terma jamoalarida ham murabbiylik qildi. Bugungi suhbat davomida mutaxassisning tajribasidan foydalangan holda mamlakatimizda fristayl turlarini rivojlantirish bo'yicha dastlabki rejalar muhokama qilindi. Dmitriy Efimovich avvalo, iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularning shug'ullanishlari uchun sharoit yaratish muhimligini takidladi.

MOQ raisi o'rinbosari davlatimizda qishki sport turlari rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi rejalar, “Humo arena” va “Alpomish” muz saroylarini qurish orqali dastavval ommaviy sport targ'iboti kuchaytirilayotgani haqida gapirib berdi. Suhbat davomida fristaylning nafaqat akrobatika, balki mogul yo'nalishini rivojlantirish, Toshkent viloyatining tog'li hududlarida musobaqa va o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish bo'yicha ham o'zaro fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing