23 jan 07:41
Yangiliklar
Tennis
Manama W75. Mariya Timofeeva ishtirokidagi uchrashuv yakuniga etmay qoldi
Xabar berganimizdek, Bahraynning Manama shahrida tennis bo'yicha W75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir o'tkazilmoqda.
Turnir doirasida O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva nimchorak final bahsida kortga chiqdi. To'rtinchi raqam ostida saralangan hamyurtimizga amerikalik Kerol Yang So Li raqiblik qildi.
O'yinning ilk setida Li 6/2 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi set 1/0 hisobida davom etayotgan bir paytda Mariya bahsni davom ettira olmasligini malum qildi va Yang So Li ortiqcha qiyinchiliksiz chorak finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Mariya Timofeeva WTA reytingida 138, Kerol Yang So Li esa 210-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar