11 fev 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Manba - Bahodir Jalolov keyingi jangini qachon va qaerda o'tkazishi malum
Prof boksning super og'ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bahodir Jalolovning keyingi jangi tafsilotlari malum qilindi.
Oktogonuz nashrining malum qilishicha, 31 yoshli Big Uzbek mart oyida ringga qaytadi. Jalolovning jangi Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib o'tishi aytilgan.
Bahodirning jang sanasi va raqibi esa tez orada malum bo'lishi xabar qilingan.
Malumot uchun, havaskorlar boksida ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibiga aylangan Bahodir Jalolov prof boksda hozirga qadar 16 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.

Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar