08 sen 15:12
Yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi endi Saudiya Arabistoni Pro ligasida o'ynaydi
"Al Qodisiya" "Manchester Siti" hujumchisi Mahamadu Sangarening transferini elon qildi.
19 yoshli franciyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2029 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer summasi rasman ochiqlanmagan. “GiveMeSport” malumotlariga ko'ra, "Manchester Siti" futbolchi uchun taxminan 1 million dollar olgan.

Sangare 2025 yilning yozida PSJdan "Manchester Siti"ga erkin agent sifatida o'tgandi. U ingliz klubining asosiy jamoasida birorta ham o'yin o'tkazmadi.
Sangare Franciyaning o'smirlar terma jamoalarida to'p tepadi.
Havola :
Manba : GiveMeSport
Fikrlar