20 apr 16:17
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" deyarli 60 mln evro turadigan futbolchiga qiziqish bildirmoqda
"Manchester Yunayted" kelasi yozda "Kristal Pelas"ning 26 yoshli yarim himoyachisi Eberechi Ezeni o'z safiga qo'shib olish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.
"Qizil iblislar" angliyalik futbolchi jamoaga etishmayotgan klassni olib keladi deb hisoblamoqda. "Kristal Pelas" Ezening transferidan 50 mln funt (58,5 mln evro) ishlab olmoqchi. Takidlanishicha, "Manchester Yunayted" ushbu kelishuvga vinger Markus Reshfordni ham qo'shishi mumkin.
Eze joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 55 mln evroni tashkil etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar