26 mar 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu 2 turniri katta jangidan ayrildi
25 aprel kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasi MMA bo'yicha Mangu 2 turniriga mezbonlik qiladi.
Musobaqada o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Akbarjon Islomboev Gruziya vakili Turpal Gedievga qarshi oktagonga ko'tarilishi kerak edi.
Biroq Liga matbuot xizmatining xabar berishicha, bahs bekor qilingan. Bunga gruziyalik sportchining sog'lig'idagi muammolar tufayli shifokorlarning jangga ruxsat bermagani sabab bo'lgan.
Hozirda Akbarjonga boshqa raqib qidirilayotgani aytilgan.
Malumot uchun, Islomboev faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Turpal Gediev hisobida esa 7 ta g'alaba mavjud.

Havola :
Manba : Mangu MMA
Fikrlar