06 mar 08:06
Yangiliklar
Mangu 2 turnirining uchinchi jangi elon qilindi + POSTER
Tashkilotchilar tomonidan ushbu oqshom uchun uchinchi jang elon qilindi. Unda og'ir vazn toifasidagi vakilimiz Jasur Mirzamuhammedov "Xalk" nomi bilan tanilgan kamerunlik Ava Jashell Tichaga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, Mirzamuhammedov MMAdagi faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, 6 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Ava Jashell hisobida 3 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor. Hamyurtimiz sobiq ONE Championship ligasi jangchisi hisoblanadi.
Ticha ikkinchi bor O'zbekistonda jang o'tkazadi. U Muradov Professional League - MPL 9 turnirida ham oktagonga chiqqandi. 2024 yilning 11 may kuni o'tgan o'sha jangda Jashell qirg'izistonlik Abilkasim Yakubovni 1-raunddayoq oyoqda bergan zarbasi evaziga texnik nokautga uchratgan edi.
Avvalroq, promoushen o'zbekistonlik 31 yoshli taniqli aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubov (17-4) va tojikistonlik Ayyom Xabirov hamda o'ta engil vazndagi yana bir hamyurtimiz Faxriddin Jumaev (8-3)ning ozarbayjonlik Farid Alibabazade (13-9-1)ga qarshi janglarini elon qilgandi.

Fikrlar