07 iyu 00:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu 3. Amirxon Alixo'jaev ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi (VIDEO)
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Amirxon Alixo'jaev faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
U Samarqand shahrida o'tkazilayotgan Mangu 3 turniri doirasida eronlik Alireza SHariati bilan bahs olib bordi.
3 raundga mo'ljallangan yarim o'rta vazn toifasidagi bellashuv dastlabki besh daqiqalikdayoq nihoyasiga etib, Amirxon raqibini sabmishen evaziga muddatidan avval taslim etdi.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev bugungi g'alabasi orqali rekordini 13 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. Alireza SHariati uchun esa mazkur mag'lubiyat karerasidagi sakkizinchisi bo'ldi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar