25 dek 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu MMA The Ultimate Fighter shousida ishtirok etgan jangchi bilan shartnoma tuzdi (FOTO)
Avval xabar berganimizdek, O'zbekistonda yangi MMA Ligasi - Mangu MMA tashkil etildi.
Taniqli murabbiy Jasur Alijonov asos solgan ushbu Liga o'zining ilk turnirini 2026 yil 7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida o'tkazadi.
Malum bo'lishicha, Liga UFC shafeligidagi The Ultimate Fighter shousida ishtirok etgan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda Yoqubov ham o'zining Instagram sahifasida xabar bergan.
Furqatbek 7 fevral kuni Mangu MMA 1 turnirida oktagonga ko'tariladi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar