So’nggi yangiliklar

14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0 13:23Расман: UFC турнирлари эндиликда мамлакатимиз ҳудудида ўзбек тилида намойиш этилади 0 13:02Мукофот жамғармаси 6 млн доллар бўлган турнир иштирокчилари тасдиқланди 0 12:41Модрич "Реал"га қайтиши мумкин 0 12:20Хамзат Чимаев — Оқ уйдаги эҳтимолий жанг ҳақида: "Мени депорт қилиб юборган бўлишарди" 0 11:59"Конор агар тўлиқ тайёргарлик кўрганида Хабибни ютарди" - Лобов 0 11:37Чимаев дю Плессига қарши беш раундлик жангга тайёр 0 11:15Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда 0 10:54Осиё чемпионати: Бугун U-19 ёш тоифасидаги ярим финал баҳслари ўтказиляпти, унда 12 нафар боксчимиз иштирок этади (Жонли эфир) 0 10:33Слаломда эшкак эшувчиларимиз Осиё кубогига Хитойда тайёргарлик кўришяпти + ФОТО 0 10:12"Бу жуда муҳим". Бивол Кроуфордга Канело устидан ғалаба калитини айтди 0 09:51"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит? 0 09:30Адесанья навбатдаги жанг учун икки рақибни айтди 0

11 apr 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Maqsadimiz o'zbek professional boksini yuksaltirish

Teglar :  Boks
Malumki, 18-22 aprel va 4 may kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida katta boks oqshomlari bo'lib o'tadi.

Quvonarlisi mazkur jang kechalarida bir qator hamyurtlarimiz ham ringa ko'tariladi. Bu borada eng katta masuliyatni bo'yniga olgan, tinib-tinchimas murabbiy, Nabijon Ismonov hozirda, Ekaterinburgda bo'lib turibdi va barcha hamyurtlarimizni janga shaxsan o'zi tayyorlayab bormoqda. Biz ushbu murabbiy, O'zbekiston professional boks federaciyasi bosh direktori hamda tajribali hakam bilan bokschilarimizning tayyorgarlik jarayonlari borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdik.

- Quyoshli vatanimizdan salomlar! Rossiyaning sovug'iga moslashib olgandirsiz?
- Bu erda ham issiq kunlar boshlandi. Lekin vatan sog'inchi, yurtimiz xavosi, bir so'z bilan aytganda O'zbekistonni juda sog'indik! Garchi, bu erga kelganimga ko'p bo'lmagan bo'lsada...

- SHogirdlaringizni tayyorgarlik jarayonlari borasida biroz malumot berib o'tsangiz?
- Janga hozirlik alo darajada tashkil qilingan! Bilasiz bu erda bokschilarimiz nufuzli promoushenlardan biri RMKA bilan shartnomaga ega. Mazkur promoushen mutasaddilari barcha sharoitlarni yaratib bergan.


-Hamyurtlarimizning raqiblari borasida qanday tasavvurga egasiz?
- Raqiblar haqida etarlicha malumotga egaman. Juda kuchli bokschilar. Misol uchun 18 aprel kuni bo'lib o'tadigan boks kechasida Jaloliddin O'ktamovga  raqiblik qiladigan rossiyalik Denis Xamatov, fevral oyida kubalik juda kuchli bokschini mag'lubiyatga uchrata olgandi. Qolaversa mezbonlik faktori ham bor. Lekin bizning o'g'lonlar ham juda yaxshi formada, deyarli bir necha oydan buyon Jaloliddin shu erda mashg'ulotlar olib borayapti. 22 aprel kuni ringa ko'tariladigan yigitlarimizning raqiblari ham juda tajribali bokschilar. Ayniqsa, Sardor Muzaffarov bilan jang olib boradigan rossiyalik Murad Arslonov MDH davlatlari bo'yicha chempionlik kamariga ega hisoblanadi. SHunday bo'lsada, RMKA promouterlik kompaniyasi Sardorga juda katta ishonch bildirgan. O'ylaymanki ushbu shogirdim ham ishonchni oqlaydi! Ravshan Umurzoqov borasida to'xtaladigan bo'lsam, hozirgi kunda Ravshan Rossiyada anchagina etibor qozongan. Unga nisbatan qiziqishlar jiddiy. Albatta, uning raqibi ham oddiy bokschi emas. Jang oson bo'ladi deb o'ylamayman. SHunday bo'lsada, uchinchi jangida ham chiroyli g'alaba qozonib, g'alabali odimini davom ettiradi deb umid qilaman. Nasib qilsa, xalqimiz duo qilib, qo'llab-quvvatlab tursa, barcha o'g'lonlarimiz g'alaba qozonadi.

- Stepan Partnovchi?
- Eng umidli, yosh bokschilarimizdan hisoblanadi. U ham juda qattiq mexnat qilayapti. O'z ustida tinmay ishlaydi. Mexnatkash bola. O'ylaymanki, mexnatini roxatini albatta ko'radi.

- 4 may kuni professional boksda ilk jangini o'tkazar ekan?
-  Albatta. U prof ringda debyut qiladi. Nasib qilsa ilk qadami omadli chiqadi.

- Azamat Ergashev ham 4 may kuni navbatdagi jangini o'tkazadi. Bu bokschimizning imkoniyatlari qanday?
- Azamat Ergashev tajribali va istedodli bokschilarimizdan biri. U haqda ham faqat iliq fikrlarni bildira olaman. Masuliyatni xis qilib turibdi. Ishtiyoqi juda yuqori.

-Tayyorgarlik jarayonlari nechchi bosqichda bo'lib o'tdi?
-Uch bosqichda. Hozir so'ngi bosqichni yakunlash arafasidamiz.

- Barchasida o'zingiz ishtirok etdingizmi?
- Birinchi bosqichini shaxsan o'zim olib bordim. Ikkinchi bosqichni tajribali murabbiylar bilan birgalikda Muhammadmirzo Najmiddinov olib bordi. Mana so'ngi bosqichni yana o'zim olib bormoqdaman.


- Murabbiy sifatida rejalashtirgan ishlaringiz amlga oshyaptimi, umuman olganda bosh maqsadingiz nimadan iborat?
- Asta-sekin barchasi amalga oshib bormoqda. Lekin qilinadigan ishlar juda ko'p. Maqsadimiz, yurtimiz o'g'lonlarini professional boks olamida dovruq qozonishiga xissamizni qo'shish. Bu borada qo'ldan kelgancha harakat qilamiz. Hozirda, muxtaram Prezidentimiz tomonidan sportga juda katta etibor qaratilgan. Biror bir sportni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar bor. Milliy Olimpiya Qo'mitasi hamda Sport vazirligining jonbozligi ham bizga qo'shimcha kuch-quvvat bag'ishlamoqda. O'ylaymanki, o'zbek professional boksni rivojlantirish uchun, qo'ldan kelgancha harakat qilamiz. O'z o'rnida bizga ishonch bildirganlarning ishonchini oqlash bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi!


Professional boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing