10 jan 19:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Marat Qurbonovni tabriklaymiz!
Bugun, 10 yanvar kuni boks bo'yicha O'zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Galievich Qurbonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
1954 yil Toshkent shahrida tug'ilgan M.Qurbonov bir necha yildan buyon boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
2019 yil Rossiyadagi boks bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi olamshumul natija bilan bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgani barchaga malum. Bunday natijalar zamirida bosh murabbiyining xizmati beqiyos. O'sha jahon chempionatidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi” unvoni bilan taqdirlan.
Boks federaciyasi 66 yoshni qarshi olgan Marat Qurbonovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaydi!
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar