So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

09 sen 08:55
Yangiliklar

Dzyudo

"Mard o'g'lon" - SHarofiddin Lutfullaevni tabriklaymiz!

Bugun erishgan natijasi bilan nafaqat dzyudo, balki o'zbek sportida katta obro'ga ega bo'lgan SHarofiddin Lutfullaev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

SHarofiddin polvonlar yurti - Surxondaryo viloyatining Angor tumanida dunyoga kelgan. U avvaliga kurash, keyin esa dzyudo bilan shug'ullana boshlagan. Bugungi qahramonimizning sportni tanlashiga mehribon onajonisi sabab bo'lgan. Murabbiyi Surxondaryo viloyat dzyudo federaciyasi rahbari, shu bilan birga hozirda O'zbekiston dzyudo federaciyasi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Bekzod To'raboev hisoblanadi. SHarofiddinning erishgan yutuqlari va bugungi darajasiga chiqishida aynan Bekzod akaning xissasi hamda xizmati katta. 

O'tgan yilning sentyabr oyida SHarofiddin dzyudo vatani Yaponiyada o'tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi. Lutfullaev o'sha musobaqadan so'ng Olimpiada reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. SHarofiddinning yutuqlaridan yana biri 2013 yilda Abu-Dabi Gran-prisiga to'g'ri keladi. O'shanda yosh dzyudochimiz London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rossiya terma jamoasiga 22 yillik tanaffusdan so'ng ilk oltin medalni taqdim etgan Arsen Galstyanni mag'lub eta olgandi. Arsen Olimpiadaning yarim finalida hamyurtimiz Rishod Sobirov, finalda esa yaponiyalik Xiroaki Xiraokadan ustun kelgandi.

Quvonarlisi, Mustaqilligimizning 29 yillik bayrami arafasida SHarofiddin Lutfullaev "Mard o'g'lon" davlat mukofotiga loyiq ko'rildi. Albatta, bu uning bir necha yillik mashaqqatli mehnati samarasi, mahsuli. 

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar va sportchilar nomidan terma jamoamiz etakchisi, jahon chempionati sovrindori, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi SHarofiddin Lutfullaevni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etamiz. Uning eng katta orzusi bu shubhasiz, Olimpiada chempioni bo'lish! Bu orzuni u aynan dzyudo vatanida o'tkaziladigan Olimpiadada ro'yobga chiqarmoqchi. Bu borada unga omad va zafar yor bo'lishini tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing