So’nggi yangiliklar

17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0

09 mar 07:05
Yangiliklar

Dzyudo

Marius Vizer boshchiligidagi IJF rasmiy vakillariga ehtirom ko'rsatildi + FOTO

Teglar :  Marius VizerMOQ
Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Xalqaro dzyudo federaciyasi va o'zbek sporti mutasaddilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer uch kun davomida poytaxtimiz mezbonligida o'tgan ilk Toshkent «Katta Dubulg'a» turniri hamda uning tashkiliy masalalariga yuqori baho bergan va buning uchun O'zbekiston hukumati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakat dzyudo federaciyasiga tashakkur izhor qildi. Bu haqida u o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ham post chop etdi.

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Xalqaro dzyudo federaciyasi va o'zbek sporti mutasaddilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Xalqaro dzyudo federaciyasi Marius Vizer, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi. MOQ raisi mehmonxonadagi suhbat davomida martabali mehmonga Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan chuqur islohotlar haqida gapirib berdi.

“Bundan bir necha yil oldin Siz ko'rib turgan ushbu joylar eski va xarob holga kelgan uylar edi. “Tashkent City” Prezidentimiz qurayotgan Yangi O'zbekistonning kichik bir namunasi. Biz esa sport sohasida o'z g'alabalarimiz bilan munosib hissa qo'shishni niyat qilganmiz. Albatta, bunda Sizdek rahbar bilan hamkorlikda ishlashdan mamnun bo'lar edik”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z o'rnida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va dzyudo federaciyasi rahbariyati Xalqaro dzyudo federaciyasiga, janob Vizer va uning barcha yordamchilariga musobaqani xalqaro talablar asosida o'tkazishga bergan ko'magi uchun minnatdorchilik bildirdi. SHundan so'ng xalqaro tashkilot rahbariga esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida Marius Vizer Toshkentdan o'z vataniga jo'nab ketdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing