So’nggi yangiliklar

14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0

03 iyu 18:40
Yangiliklar

Dzyudo

Marius Vizer yangi to'rt yillik muddatga IJF prezidenti etib saylandi

Teglar :  Marius VizerIJF
Bugun Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.

Vengriyada start arafasida turgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan o'tkazilgan Kongressda bir qator masalalar muhokama qilindi.

Ular orasida tashkilot prezidentligiga o'tkazilgan saylov dzyudo ommasining diqqat markazida bo'ldi. Unda yakdil, yani bir ovozdan 2007 yildan beri IJF prezidenti bo'lib kelayotgan Marius Vizer yangi muddatga qayta saylandi. 

"O'tgan 14 yil davomida sizlar bilan hamjihatlikda, yagona maqsad yo'lida mehnat qildik. Hamkorlikdagi olib borgan bu ishlarimiz faoliyatimdagi eng yorqin damlar bo'ldi. Sizlar bilan ishlaganimdan bag'oyat xursandman. Bu men uchun katta sharaf. Qatiy tartib-intizom, hurmat va sadoqat orqali biz ulkan yutuqlarga erishdik. Barqaror rivojlanishimizning asosiy omillari ham men sanab o'tgan jihatlar. Bugundan esa dunyo dzyudosida yangi davr boshlanmoqda. Biz birgalikda muvaffaqiyatni rivojlantirishda davom etamiz. Bu borada Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan keng qamrovdagi hamkorligimiz ham muhim omil bo'lyapti. 2009 yildan dzyudo bo'yicha yillik taqvim bo'yicha Jahon tur (Gran-pri, "Katta Dubulg'a", "Masters") musobaqalarini boshladik. Boshlanishiga ko'plab muammolarga duch keldik. Lekin birgalikda bu qiyinchiliklarni engib o'tdik. Oldindagi to'rt yil biz yanada ko'proq ishlashimiz kerak. Qitaviy konfederaciyalar hamda millliy federaciyalarni yanada ko'proq qo'llab-quvvatlash asosiy yo'nalishlarimizdan bo'ladi. Ishonchim komil, biz birdamlik, ishonch va hamjihatlik orqali dzyudoni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilamiz", - dedi Vizer.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing