02 jan 13:26
Yangiliklar
Mariya Timofeeva birinchi raketkani mag'lub etdi va finalga chiqdi
Avstraliyaning Brisben shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning saralash bahslarida finalchilar malum bo'ldi. Yilning ilk WTA turnirida O'zbekistonning birinchi va ikkinchi raketkalari ham muvaffaqiyatli start olishdi.
Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva saralashning 1/2 finalida turnirning birinchi raketksi, xorvatiyalik Antonia Ruzichni 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda Ruzich 6, Timofeeva 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Taqqoslash uchun, xorvatiyalik tennischi WTA reytingida 70, vakilamiz esa 143-o'rinni egallab turibdi. Endi Timofeeva asosiy to'rga yo'llanma beruvchi saralashning final uchrashuvida Aleksandra Sasnovichga qarshi kortga chiqadi. Belaruslik tennischi bugun 1/2 finalda bolgariyalik Viktoriya Tomovani 6/2, 6/2 hisobida taslim etdi.

Fikrlar