27 okt 12:16
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva bu hafta CHennaydagi WTA 250 turnirida qatnashadi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Mariya Timofeeva Hindistonning CHennay shahrida start olgan tennis bo'yicha 275,094 dollar mukofot puliga ega turnirda ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, u asosiy to'rning ilk davrasida tailandlik Lanlana Tararudiga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. 1/6 finaldan o'rin olgan ushbu uchrashuv ertaga, 28 oktyabr kuni bizning vaqt bilan soat 09:30da boshlanadi.
Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 146, Tararudi esa 173-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi. SHu yil iyul oyida Portugaliyadagi turnirda Mariya raqibasini 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar