20 jan 11:02
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva bugun Bahrayn turnirdagi ishtirokini boshlaydi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha W75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir start olmoqda.
Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Vakilamiz turnirda to'rtinchi raqam ostida saralandi. U bugun 1/16 finalda rossiyalik Anastasiya Tixonovaga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 17:30da boshlanadi.
Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva WTA reytingida 138, 24 yoshli Tixonova esa 250-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan to'rtinchi uchrashuvi bo'ladi. SHu kungacha o'tgan uchchala bahsda ham Mariyaning qo'li baland kelgandi.
Eslatib o'tamiz, Timofeeva o'tgan hafta Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bosqichi ikkinchi raundida yaponiyalik tennischiga yutqazib qo'ygandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar