24 iyu 14:26
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva dunyoning 40-raketkasi oldida ojiz qoldi
Xabar berganimizdek, CHexiyaning Praga shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Livesport Prague Open turniri o'tkazilmoqda.
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli raketka ustasi Mariya Timofeeva musobaqadagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.
Nimchorak final bosqichida unga chexiyalik tajribali Sara Belek raqiblik qildi. 1 soat, 11 daqiqa davom etgan o'yinda Belek hamyurtimizga hech qanday imkon qoldirmadi — 6/1, 6/1.
Sara mazkur masobaqada uchinchi raqam ostida tasniflangan edi. Ushbu uchrashuv har ikki tennischi uchun o'zaro dastlabki qarama-qarshilikka aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar