18 may 17:17
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva hamda Polina Kudermetova "Rolan Garros" saralashida qatnashadi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning to'rtta musobaqasidan biri - "Rolan Garros 2026" turnirining saralash bahslariga qura tashlandi.
Ahamiyatlisi, musobaqaning ayollar o'rtasidagi bellashuvlarida ikki nafar hamyurtimiz — Mariya Timofeeva hamda Polina Kudermetova bahs olib boradi.
Saralashda 24-raqam ostida saralangan Mariya ilk bosqichda Kanada vakilasi Kadeno Breys bilan to'qnash kelsa, 16-raqam bilan saralangan Polina Kudermetova niderlandiyalik Anuk Koevermansga qarshi bahs olib boradi.
Har ikki o'yin ertaga 13:00 da start olishi belgilangan.
Havola :
Manba : tennisdrot
Fikrlar