22 noy 07:43
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva Lyuksemburg turniri 1/2 finalida o'ynaydi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Lyuksemburgning Petanj shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha ITF W75 turnirida muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Tennischimiz 1/4 finalda WTA reytingida 231-pog'onada borayotgan germaniyalik Mona Bartelni ortiqcha qiyinchiliksiz 6/3, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 65 daqiqa davom etgan. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. O'tgan yili Valensiya turnirida Mariya bahsni yakuniga etkaza olmagandi.
Malumot uchun, 22 yoshli Mariya Timofeeva hozirda WTA reytingida 151-o'rinni egallab turibdi. Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz bugun 1/2 finalda belgiyalik Eline Vandrommega qarshi kortga chiqadi. 18 yoshli Eline WTA reytingida 473-pog'onada bormoqda. Timofeeva - Vandromme uchrashuvi bugun bizning vaqt bilan soat 20:30da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar