20 noy 19:21
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva Lyuksemburg turnirida 1/4 finalga chiqdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Lyuksemburgning Petanj shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha ITF W75 turnirida muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Biroz avval tennischimiz 1/8 finalda WTA reytingida 440-pog'onada borayotgan germaniyalik Mina Xodjichni 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 97 daqiqa davom etgan.
Malumot uchun, 22 yoshli Mariya Timofeeva hozirda WTA reytingida 151-o'rinni egallab turibdi. Vakilamizning 1/4 finaldagi raqibasi kechroq malum bo'ladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar