18 noy 12:57
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva Lyuksemburg turnirida omadini sinab ko'radi
Bugundan Lyuksemburgning Petanj shahrida tennis bo'yicha ITF W75 turniri start oladi.
Musobaqaning asosiy to'rida O'zbekistonning birinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham ishtirok etadi.
U ertaga turnirning birinchi davrasi doirasida kortga chiqadi. 22 yashar Mariyaga ispaniyalik Mariya Martines Vakero raqib bo'ladi.
O'yin 19 noyabr soat 14:00 da boshlanishi belgilangan.
Malumot uchun, Mariya Timofeeva hozirda WTA reytingida 151, 23 yoshli Martines Vakero esa 570-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar