08 iyu 08:14
Yangiliklar
Mariya Timofeeva - Makarska Open chempioni!
Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva muvaffaqiyatli qatnashdi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz hal qiluvchi final uchrashuvida reytingda o'zidan sakkiz pog'ona yuqorida turgan latviyalik Darya Semenistayani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. To'qson uch daqiqa davom etgan final bahsida ikkala tennis malikasi ham eys zarbalarni amalga oshira bilmadi. Qo'shxatolar bo'yicha Darya "ustunlik" qildi - 2 ga 0. Breyklarda esa Mariya 5 ga 2 ko'rinishida ustun bo'ldi.
SHu tariqa, Mariya Timofeeva Xorvatiya turniri chempioniga aylandi. Bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok unga 125 reyting ochkosi hamda 15 500 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Semenistaya esa 8 400 dollar hamda 81 ochko ishlab oldi.

Fikrlar