22 okt 12:33
Yangiliklar
Tennis

Mariya Timofeeva: "O'zbekiston sharafini himoya qilishdan faxrlanaman"
O'zbekistonga mahalliylashtirilgan 21 yoshli rossiyalik tennischi Mariya Timofeeva Instagram sahifasi orqali muxlislarga murojaat qildi.
"Hammaga salom! Men O'zbekiston fuqaroligini olganimni va bundan buyon faxr bilan O'zbekiston sharafini himoya qilishimni rasman oshkor etishdan mamnunman! Hayotimning yangi sahifasidan juda hayajondaman. O'zbekistonlik o'yinchi sifatida ilk rasmiy uchrashuvimni o'tkazishni sabrsizlik bilan kutyapman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat!", deb yozgan Timofeeva o'z sahifasida.
Malumot uchun, Mariya hozirda jahon reytingida 146-o'rinni egallab turibdi. U 19 oktyabr kuni Portugaliyadagi ITF W75 turnirida chempion bo'lgan edi.
Havola :
Manba : instagram.com/timofeevamariaa
Fikrlar