22 okt 09:52
Yangiliklar
Tennis

Mariya Timofeeva O'zbekiston uchun ilk o'yinini o'tkazdi
Italiyaning Rovereto shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida CHellenjer turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi.
Musobaqaning ilk bosqichida O'zbekiston vakilasi Mariya Timofeeva italiyalik Tira Katerina Grantga qarshi kortga chiqdi. 1 soat, 14 daqiqa davom etgan bahsda kutilmagan wildcard orqali turnirda qatnashayotgan Katerina 2:0 (6/3, 6/3) hisobida Timofeevadan ustun keldi. Mariya musobaqada beshinchi raqam ostida saralangandi.
Taqqoslash uchun, Rossiyadan O'zbekistonga mahalliylashtirilgan Mariya Timofeeva ayni damda WTA reytingida 146, Grant esa 218-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar