21 iyu 15:57
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva Pragada muvaffaqiyatli start oldi
CHexiyaning Praga shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Livesport Prague Open turniri boshlandi.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raqamli raketka ustasi Mariya Timofeeva ham ishtirok etyapti.
U ilk davrada neytral maqomdagi tennischi Aleksandra Sasnovichga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 45 daqiqa davom etgan bahsda Mariya 2:0 (6/3, 6/4) hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, o'yin oldidan 22 yashar Mariya WTA reytingida 84, 32 yoshli Aleksandra esa 133-o'rinni egallab turgandi. Timofeevaning nimchorak final bosqichidagi raqibi neytral maqomdagi Anna Blinkova hamda Sara Belek bahsi g'olibi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar