25 apr 07:22
Yangiliklar
Mariya Timofeeva SHveycariya turniri 1/2 finalida!
Vakilamiz SHveycariyaning Kyasso shahri mezbonlik qilayotgan WTA 75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi turnirning yarim final ishtirokchisiga aylandi. U 1/4 finalda turnirning oltinchi raketkasi, shveycariyalik Susan Bandechchini ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4.
Taqqoslash uchun, Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 154, Bandechchi 213-o'rinni egallab turibdi. Bahs 84 daqiqa davom etgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bugun Mariya final chiptasi uchun musobaqada to'rtinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Alise Ramega qarshi kortga chiqadi. Alise dunyoning roppa-rosa 200-raketkasi bo'lib turibdi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar