26 apr 19:03
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva SHveycariya turniri chempioni!
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva o'zi birinchi raqam ostida tasniflangan turnirning bosh sovrini sohibasiga aylandi.
Vakilamiz SHveycariyaning Kyasso shahri mezbonlik qilgan WTA 75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 ming dollarni tashkil etgan turnirda chempion bo'ldi. Mariya hozirgina yakuniga etgan hal qiluvchi final uchrashuvida italiyalik Lisa Pigatoga qarshi bahs olib bordi. Bir soatu 23 daqiqa davom etgan uchrashuvda Timofeeva ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi - 6/2, 6/3.
Taqqoslash uchun, Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 154, Pigato 149-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar