26 apr 06:59
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva SHveycariya turniri finalida!
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva o'zi birinchi raqam ostida tasniflangan turnirning finaliga chiqdi.
Vakilamiz SHveycariyaning Kyasso shahri mezbonlik qilayotgan WTA 75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi turnirda muvaffaqiyatli odimlamoqda. U 1/2 finalda turnirning to'rtinchi raketkasi, franciyalik Alise Ramega qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda Mariya ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi - 6/2, 6/2.
Taqqoslash uchun, Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 154, Alise roppa-rosa 200-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar