23 apr 16:07
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva SHveycariya turnirida 1/4 finalga chiqdi
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva o'zi birinchi raqam ostida tasniflangan turnirdagi ikkinchi uch setlik g'alabasiga erishdi.
Vakilamiz SHveycariyaning Kyasso shahri mezbonlik qilayotgan WTA 75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi turnirda o'z mahoratini namoyish qilmoqda. Biroz avval u ikkinchi davrada italiyalik Jennifer Rujjerini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 4/6, 6/1.
Taqqoslash uchun, Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 154, Rujjeri esa 266-o'rinni egallab turibdi. Bahs 2 soatu 22 daqiqa davom etgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar