So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

14 mar 23:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Markaziy jangda Nursulton Ro'ziboev ishtirok etgan boks kechasi yakunlandi (Barcha natijalar)

Teglar :  Nursulton Ro'ziboev
Biroz avval poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport saroyida o'tkazilgan navbatdagi professional boks kechasi yakuniga etdi.

Akhmat Fight Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Prof Boxing Night" oqshomidan jami 11 ta jang o'rin olgan edi. Markaziy jang taniqli MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev ishtirokida bo'lib o'tdi.


Bugungi  boks oqshomining to'liq kardi natijalari:

76.2 kg (4 raund): Islombek Mo'minov (Andijon) - Javohir Umbarov (Toshkent viloyati)

Ushbu jang muddatidan avval yakuniga etdi. Ikkinchi raunddan so'ng Javohir Umbarovning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Andijonlik bokschi Islombek Mo'minov texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. 


79.3 kg (4 raund): Jonibek Norqobilov (Surxondaryo) - Nursulton Muxtorov (Toshkent)

To'rt raundga mo'ljallangan mazkur jang ham ikkinchi raundda yakunlandi. Jonibek Norqobilov texnik nokaut evaziga raqibidan ustun keldi va prof ringdagi debyutini g'alaba bilan boshlab oldi


66.5 kg (6 raund): Bekzod Qodirov (Farg'ona) - Farruxjon Ahadov (Toshkent viloyati)

Olti raundlik jangning uchinchi raundidan so'ng Farruxjon Ahadovning sekundantlari bahsni davom ettirmaslikni afzal bilishdi. SHu tariqa Bekzod Qodirov muddatidan avval qozonilgan g'alabasini nishonladi

   

63.5 kg (8 raund): Asrorbek Rahimov (Farg'ona) - SHavkat Xalilov (Toshkent)

Muxlislar eng tezkor nokautga guvoh bo'lishdi. Jangning birinchi raundida Asrorbek Rahimov raqibini nokautga uchrata oldi


55.2 kg (6 raund): Asadbek Mamajonov (Farg'ona) - Ozodbek Majitov (Toshkent viloyati)

Ushbu jangda Asadbek Mamajonov g'alaba qozondi.. 

 

63.5 kg (6 raund): Bekzodbek Isadullaev (Farg'ona) - Abbosxon Yo'ldoshev (Farg'ona) - durang

Olti raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar jangovor durang natija qayd etilganini malum qilishdi - 58:56, 57:57, 56:58! 


76.2 kg (4 raund): Rustam Asqarov (Toshkent viloyati) - Aloxon Abdullaev (Namangan)

Namangan viloyati vakili Aloxon Abdullaev ikkinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu Abdullaev uchun prof ringdagi debyut jang edi... 


63.5 kg (4 raund): Jamshid Rixsiev (Toshkent viloyati) - Orifjon Ibodullaev (Qashqadaryo)

Jang to'liq to'rt raund davom etdi. Yakunda hakamlarning qarori bilan Jamshid Rixsiev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Bu Rixsievning professional faoliyatidagi ettinchi g'alabasi bo'ldi...


72 kg (10 raund): Ali Mamedov (Ozarbayjon) - Bahromjon Fozilov (Farg'ona, O'zbekiston)

O'n raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundda referi tomonidan to'xtatildi. Bahromjon Fozilov 10 raundga mo'ljallangan jangda ozarbayjonlik Ali Mamedovni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan u o'ziga tegishli mintaqaviy kamarini himoya qildi. Ali jangni davom ettira olaman deya etiroz bildirdi. Ammo, referi qarorini o'zgartirmadi...

    

69 kg (10 raund): Mirzakamol Nematov (Farg'ona, O'zbekiston) - Zurab CHaniev (Rossiya)

CHarm qo'lqop ustamiz Mirzakamol Nematov rossiyalik Zurab CHanievga qarshi ringga chiqdi. 69 kg vazn toifasidagi 10 raundga mo'ljallangan jang ettinchi raund boshlanishi arafasida to'xtatildi. 

CHanievning sekundantlari jangni davom ettirish befoyda ekanini tushunib etishdi. Katta ustunlikka ega bo'lgan Nematovo'ziga tegishli ikkita mintaqaviy kamarlarini himoya qildi. 


Markaziy jang

79.3 kg (6 raund): Nursulton Ro'ziboev (Andijon) - Bahrom Payozov (Toshkent viloyati)

79.3 kg vazn toifasida 6 raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Nursulton Toshkent viloyati vakili Bahrom Payozovni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va shu tariqa professional boksdagi debyutini g'alaba bilan boshlab oldi. 

Tajribali Payozov prof ringda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda jami 40 jang o'tkazgan bo'lib, shularning 22 tasida g'alabaga erishgandi. Hisobida 15 ta nokautli g'alaba bor edi. Ro'ziboevning MMAdagi rekordi esa 42 jangdan 34 ta g'alabadan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

   
14 mar 22:11:07
Ibroxim
э уят эмасми бу турнирларга сал малакали хакамлар керак ахир ))) Озарбайжонлик Мамедов ва Узбекистанлик Фозилов жангида бу нимаси энди?Мамедов иккинчи зарба олди лекин йикилмади тухтатиш нега керак?Бу проф бокску!!!Йикилсин туролмай колсин кутариб олиб чикиб кетсин рингдан маза килиб галаба булсин.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing