24 iyu 09:39
Yangiliklar
Markaziy Osiyo chempionatining navbatdagi kun g'oliblari malum FOTOGALEREYA
Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etayotgan 7 davlat atletlari orasida terma jamoamiz natijalar borasida katta ustunlik bilan etakchilik qilmoqda.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, bellashuvlarning ikkinchi kunida qizlar 55, 59 kg vazn toifalarida kuch sinashishgan bo'lsa, o'g'il bolalar o'rtasida 61, 67, 73 kg vaznlarda g'oliblar aniqlandi.
Kechagi kun g'olib va sovrindorlari:
O'g'il bolalar. 61 kg vazn toifasi
1. Mehrab Davasari (Eron 108+139 ) - 247 kg
2. Aziz SHomurodov (O'zbekiston, 109+134) - 243 kg
3. Kambar Toksanbaev (Qozog'iston, 111+125) - 236 kg.
67 kg vazn toifasi
1. Nurillo Davlatboev (O'zbekiston, 117+150) - 267 kg
2. Didarbek Jo'maboev (Turkmaniston, 103+127) - 230 kg
3. Muhammadjon SHukurov (Tojikiston, 50+66) - 116 kg.
73 kg vazn toifasi
1. Hikmatillo Haydarov (O'zbekiston, 133+160) - 293 kg
2. Aktore Konusbekuli (Qozog'iston, 100+122) - 222 kg
3. Hikmatillo Negmatov (Tojikiston, 87+107) - 194 kg.
Qizlar. 55 kg vazn toifasi
1. SHaxnoza Jabborova (O'zbekiston, 67+87) - 154 kg
2. Zeynab Simsek (Turkiya, 65+76) -141 kg
3. Mayagozel Hurmenova (Turkmaniston, 55+65) -120 kg.
59 kg vazn toifasi
1. Ziyoda Xudoyqulova (O'zbekiston, 79+93) -172 kg
2. Lyudmila Eleftriadi (O'zbekiston, 75+94) - 169 kg
3. Anissiia Baigacheva (Qirg'iziston, 32+40) - 72 kg.
Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Musobaqa davom etmoqda.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar