So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

04 iyu 14:40
Yangiliklar

Tadbirlar

Markaziy stadionida "Olimpiya kuni"ga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Bugun Qarshi shahridagi Markaziy stadionda viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda "Olimpiya kuni"ga bag'ishlangan tadbirlar boshlandi.

Ushbu marosim viloyatda Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpiya turlarini keng targ'ib qilish, yoshlarni Olimpiya sport turlariga jalb etish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilyapti. 

Xabaringiz bor, 6 iyul kuni “Xalqaro olimpiya kuni”ga bag'ishlab Respublikamiz bo'ylab “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalari tashkil etiladi. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham ana shunday bir qator sport bayramlarining o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, dastlabkisi bugun "Nasaf" klubiga qarashli Markaziy stadionda o'tkazildi. 

“Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalarining ochilish marosimi musiqa sadolari ostida tadbir ishtirokchilarning ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini bajarishdan boshlandi. SHundan so'ng ishtirokchilar tomonidan olimpiya xalqalarini aks etuvchi o'ziga xos fleshmob tashkil etildi. Ochilish marosimi ommaviy marafon musobaqasiga ulanib ketdi. O'tkazilgan tadbirlarda 10 000 nafarga yaqin aholi vakillari, sportchilar ishtirok etishdi.

“Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan viloyatning barcha tuman (shahar)larida “Sitius, Altius, Fortius”, “Olimpiya sari yo'l” shiorlari ostida turli sport musobaqalari, festivallar o'tkazilmoqda.

Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
05 iyu 10:29:23
Rus Tam
10 000 одам билан стадион ярим туларди,,,
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing