15 avg 11:10
Yangiliklar
Marrey 4 soat davom etgan bahs yakunida Olimpiada chempioni bo'ldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Endi Marrey hamda argentinalik Xuan Martin del Potro o'zaro to'qnash kelishdi. Marrey dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich, ispaniyalik Rafael Nadalni mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuvga sababchi bo'lgandi.
Final bahsi 4 soatu 3 daqiqa davom etdi. Yakunda dunyoning ikkinchi raketkasi ATP reytingida 141-o'rinni egallab turgan argentinalik tennischini 7:5, 4:6, 6:2, 7:5 hisobida dog'da qoldirdi. Bu bilan Marrey ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.
To'rt yil avval shotlandiyalik tennischi Londonda o'tgan Olimpiadada ham chempion bo'lgan edi. Rioda bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Kei Nisikori ispan Rafael Nadalni 6:2, 6:7, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Tennis. Olimpiya turniri
Rio-de-Janeyro, Braziliya
Ochiq xard kortlar
Erkaklar. Yakkalik bahsi
BRONZA MEDAL UCHUN O'YIN
Kei Nisikori (Yaponiya) – Rafael Nadal (Ispaniya) 6:2, 6:7, 6:3
FINAL
Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – Xuan Martin del Potro (Argentina) - 7:5, 4:6, 6:2, 7:5
Fikrlar