28 may 08:52
Yangiliklar

Martin Bakole: "Mendan boshqa hech kim Usikni mag'lub eta olmaydi"
"Mendan boshqa hech kim Usikni mag'lub eta olmaydi. Menimcha, Deontey Uaylderning davri tugadi. Usikni hozirda Martin Bakoledan boshqa hech kim to'xtata oladi, deb o'ylamayman. Nega bunday deyayotganimni bilaman, chunki men boksni chap qo'limda o'rganganman, raqibni qanday qilib to'xtatib, uni ringga qulatishni bilaman. Ammo Daniel Dyubua buni qila olmaydi.
Usikni "Lo'lilar qiroli" engishini kutgandim, lekin Aleksandr uni ikki marta mag'lub qilganida hayratda qoldim. Joshua yaxshi, kuchli yigit, lekin ringni o'ziniki qila olmaydi. Dyubua hech qachon o'zgarmaydi, o'z uslubida qoladi, lekin Usik undan yaxshiroq", deydi Bakole.
Usik va Dyubua o'rtasidagi revansh jangi 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar