01 okt 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Mashg'ulot paytida Getjini nokdaun holatiga tushirishdi
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji mashg'ulot chog'ida nokdaun holatiga tushib qoldi.
SHu yilning aprel oyida u kimda kim uni sparing-mashg'ulot paytida nokdaun yoki nokaut qila olsa, 500 dollar berishini aytgan edi. Bugun ana shunday mard topildi. Rayan CHarlebo mashg'ulot chog'ida Jastinni tana qismiga zarba berib, nokdaunga tushirdi. Getji bir necha daqiqa davomida o'z joyida o'tirib qolgan.
"Jastin Getji bir so'zli inson ekanini hamma biladi. Bu erda gap pulda ham emas. Uning UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritishini intizorlik bilan kutyapman. Hayot bu - sayyohat. Men kuchli jangchilar bilan mashg'ulotlarda o'z tajribamni oshirib bormoqdaman", — deya xabar qoldirgan Rayan.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar