25 dek 11:41
Yangiliklar
Og'ir atletika
Mashhura Rustamova - Qatar Cup vice chempioniga aylandi
Doxada og'ir atletika bo'yicha 10th Qatar Weightlifting Cup turniri yakuniga etib bormoqda.
Kecha ayollar o'rtasida –77 kg vazn toifasidagi bahslar ham yakuniga etdi.
Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mashhura Rustamova dast ko'tarishda 86 kg, siltab ko'tarishda 111 kg natija qayd etdi. Sportchimiz ikki kurash yakunlariga ko'ra, jami 197 kg natija bilan har uchchala yo'nalishda ham musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Mashhura Rustamovaning chiqishidan so'ng O'zbekiston terma jamoasining musobaqada qo'lga kiritgan medallari soni 14 taga etdi.










Havola :
Manba : t.me/weightlifting_fed
Fikrlar