12 sen 21:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Mashrabjon Ro'ziboev raqibini texnik nokautga uchratdi
Moskva shahrida o'tkazilayotgan Open FC 10 turnirida uch nafar MMAchimiz jang qilishi haqida xabar bergan edik.
Biroz avval Mashrabjon Ro'ziboev (12-3-1) rossiyalik Aleksandr Jarkovga (3-2) qarshi oktagonga ko'tarildi. Hamyurtimiz raqibi dastlabki raundning 18 soniyasidayoq texnik nokautga uchratib navbatdagi g'alabasini tantana qildi.
Turnir doirasida Nursulton Ro'ziboev va Raxmatullo Sattorov ham chiqish qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar