So’nggi yangiliklar

20:14Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0 19:10Дастин Порье қайси жанг учун октагонга қайтиши мумкинлигини айтди 0 18:4830 миллиондан ошиқ киши Мбаппе "Реал"ни тарк этиши кераклиги ҳақидаги петицияга имзо чекди 0 18:26Бакли Махачевнинг дивизиондаги ютуқларини шубҳа остига олди 0 18:02Илия Топурия: "Энди қўрқмайман!" 0 17:39Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа соф олтиндан ясалган камар учун жанг қилади 0 17:17МЮнинг кейинги мавсумдаги мураббийи ким бўлиши аниқми? 0 16:52Махачев энг қизиқарли рақибни эълон қилди 0 16:25"Олимпия шаҳарчаси"да велотрек бўйича "Tashkent Gran Prix" халқаро Гран приси старт олди 0 16:02Қозоғистонда ўтказилиши мумкин бўлган UFC турнири учун кард тузиб чиқилди, ундан уч нафар ўзбекистонлик ММАчиси жой олди 0 15:39"Реал" мураббийлар шорт-листида кутилмаган номзод пайдо бўлди 0 15:17Жангига уч кун қолганида Раҳматулло Бойматовнинг рақиби ўзгарди 0 14:52Ўзбек хоккейи ҳакамлик мактаби тарбияланувчиси АҚШдан расмий таклиф олди 0 14:25Холмурод Нурматов, Эдил Эсенгулов, Анвар Абдуллаев ва бошқа таниқли ММАчилар Тошкентда жанг қиладиган ACA 203 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди 0 14:01"Реал"нинг икки ўйинчиси машғулотда жанжаллашиб кетди 0

16 avg 18:33
Yangiliklar

Boks/MMA

“Mask va Tramp so'zlari uchun javob beradi”. Iman Xelif yana omma etiborida...

Parijda bo'lib o'tgan yozgi olimpiya o'yinlari ham o'z yakuniga etdi.

O'tgan musobaqalarda eng ko'p muhokama qilingan sportchilardan biri 66 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan jazoirlik boksi Iman Xelif bo'ldi. Biroq, Xelifning sportdagi muvaffaqiyati emas, balki 2023 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan gender testi bilan bog'liq vaziyat bahslarga sabab bo'ldi va bu Olimpiadadan keyin ham davom etib kelmoqda. Parijdagi turnir paytida Iman va Lin Yuting 2023 yilgi jahon chempionatida gender testidan o'ta olmagani haqida malumot paydo bo'ldi. Ammo XOQ Olimpiadada ishtirok etish uchun gender testi kerak emas, degan qarorga keldi va jazoirlik hamda Xitoy taypeyilik sportchilar ayollar boks turnirida qatnashishdi. 

Ikkalasi ham o'z vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritdi va ular juda katta tanqidlar ostida qoldi. Bokschilar muxlislardan ham, raqiblardan ham keskin tanqidga uchradi, tomoshabinlar hatto norozolik belgisi sifatida maxsus belgi – “kesilgan barmoq”ni o'ylab topishdi. Raqiblar Xelif va Linning kuchli zarbalari haqida bir qancha shikoyat qilishdi, bazilari ularni “erkak” deb atashdi. Italiyalik Anjela Karini raqibi bilan urushishdan bosh tortdi. “Olimpiya qo'mitasi men haqimda adolat bilan gapirganini bilaman, bundan mamnunman, chunki bu haqiqatni ko'rsatadi. Men medal uchun keldim va buning uchun kurashyapman. Albatta , men yaxshilanish va yaxshiroq bo'lish uchun kurashaman. Nasib bo'lsa, muvaffaqiyatga erishaman”, deya jazorlikning so'zlarini keltiradi The Independent.

Xelif ham Lin ham oxir-oqibat oltin medallarni olib ketishdi va bu voqeaning yakuni bo'lgandek tuyuldi. Bu haqda jazoirlik sportchining advokati Nabil Budi malum qildi. Davoda Xelifga va gender testidagi muvaffaqiyatsiz vaziyatga qarshi gapirgan bazi taniqli shaxslar nomi keltirilgan. Ular orasida tadbikor Ilon Mask, yozuvchi Rouling va hatto AQSHNing sobiq prezidenti Donald Tramp ham mavjud. Ularning barchasi Xelifni tanqid qilishdi va jazoirlikning ayollar musobaqalarida o'rin yo'qligini takidladilar. 

“Davoda, masalan, Mask va Rouling haqida so'z bor. Donald Tramp X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida Xelif haqida post yozgan, shuning uchun u bizning davoda arizamizda tilga olinadimi yoki yo'qmi, u muqarrar ravishda sud jarayoni doirasida sinovdan o'tadi.  Prokuratura nafaqat ushbu shaxslarga, balki ular zarur deb bilgan har qanday shaxsga nisbatan tergov o'tkazishini so'raymiz. Agar ish sudgacha etib borsa, ular sudga kelishadi”, deb Budi so'zlarini keltiradi Variety. Ish qanday yakun topishi nomalum, ammo Imanning bunday harakati bilan yanada ko'proq tanqidlarga sabab bo'ladi degan fikr bor. Xelif yana omma etiborida va u o'zi hech qanday ijobiy xabar o'qimagani aniq.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
16 avg 19:23:07
Samar
Bizniyam chaqirmasa endi sudga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing