13 mar 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Masvidal: "Bu jangda bor pulimni Striklendga tikaman"
Amerikalik UFC sobiq jangchisi Xorxe Masvidal Xamzat CHimaev va SHon Striklend o'rtasidagi titul jangi haqida gapirdi.
"Xamzatni unchalik ham kuchli deb o'ylamayman. Usman bilan jangni eslang — Kamaru 77kg vaznda edi, jangni 11 kun qolganda qabul qildi va menimcha, CHimaev o'sha jangda yutqazgandi. Xamzat Striklendni yuta oladi, deb o'ylamayman. Bu jangda bor pulimni Striklendga tikaman. Hatto uyimni ham unga tikib yuborgan bo'lardim. Menimcha, CHimaev u bilan jang ham qilmaydi, chunki ular birga ko'p mashg'ulot o'tkazishgan", deydi Masvidal.
Xamzat va SHon o'rtasidagi chempionlik jangi 9 may kuni UFC 328 turnirida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : fightnews.info
Fikrlar