16 dek 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Matbuot anjumanida Dana Uaytdan shartnoma so'ragan tojikistonlik jangchi Liga yo'llanmasi uchun oktagonga chiqdi
Tojikistonlik MMA jangchisi Dorobshox Nabotov Zombie Fight Night turnirida ishtirok etdi.
Nabotov oktyabr oyida Abu-Dabidagi UFC 308 turnirida Liga rahbari Dana Uayt ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashib, undan shartnoma uchun jang qilish imkoniyatini so'ragani bilan mashhur bo'lgandi.
O'shanda Dana Uayt agarda Nabotov navbatdagi jangida g'alaba qozonsa, bu variantni ko'rib chiqishga vada bergandi. 14 dekabr kuni Nabotov Koreyadagi turnir doirasida braziliyalik Mateus Kamilloga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ldi.
Dana Uaytning o'zi ham turnirga borishni rejalashtirgan, biroq Koreyadagi harbiy holat tufayli bu tashrif amalga oshmay qoldi.
Havola :
Manba : sport24.ru
Fikrlar