21 avg 14:22
Yangiliklar
Tennis
Matchbolni qo'ldan chiqargan Alkaras yig'lab yubordi + FOTO
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaraz Cincinnati "Masters" turnirining finalida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Ispaniyalik tennischi ikkinchi setda breyk va matchbolga ega bo'lgandi, ammo bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Alkaras Novak Jokovichga 7:5, 6:7(7), 6:7(3) hisoblarida yutqazib qo'ydi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Karlos ko'z yoshlarini tiya olmadi.
"Menga bugun gapirish oson bo'lmaydi. Men bilan birga bugun tribunadan bahsni tomosha qilgan akam ham yig'ladi. Finalga kelib, meni qo'llab-quvvatlagani uchun unga rahmat aytaman", - dedi Alkaraz.
Malumot uchun, Karlos Alkaras faoliyatidagi 16-finalni o'tkazdi va 4-mag'lubiyatini qabul qildi. U ilk bor "Masters" finalida yutqazdi.
Havola :
Fikrlar