25 iyu 12:16
Yangiliklar
Dzyudo

Matniyazova Ulan-Bator "Katta Dubulg'a" turniri bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi saralash bellashuvlari yakuni sari yaqinlashmoqda.
Biroz avval Gulnoza Matniyazova yarim final uchrashuvida tatamiga chiqdi. -70 kg vazn toifasidagi tajribali dzyudochimiz Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibasi, rossiyalik Madina Taymazovaga qarshi kechgan bellashuvda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi Gulnoza kechki final bellashuvlari dasturida qozog'istonlik Zere Bektashkiziga qarshi tatamiga chiqadi. Zere o'tish bahsida yana bir hamyurtimiz SHohista Nazarovadan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar